Sport
Kecha, 3-fevral kuni “Manchester Siti” aʼzosi Abduqodir Husanov Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida (qarorgohi London shahrida joylashgan) favqulodda va muxtor elchi Ravshan Usmonov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yosh oʻzbek futbolchisining APL top klubidagi faoliyati, sport sohasida bosib oʻtgan mashaqqatli yoʻli, qiziqishlari haqida suhbatlashildi.

“Manchester Siti” klubi himoyachisi hamyurtimiz Abduqodir Husanovga doimiy muvaffaqiyat tilaymiz”, – deb yozdi keyinchalik oʻzbekistonlik diplomat oʻz sahifasida.
Uchrashuv yakunida legioner dastxati tushirilgan 45-raqamli futbolkasini elchixona maʼmuriyatiga esdalik sifatida hadya qildi.
Maʼlumot uchun, bugun Husanov “Manchester Siti”ning Chempionlar Ligasi uchun yangi roʻyxatiga kiritildi. Endilikda u Real Madrid bilan boʻladigan oʻyinlarda maydonga tushishi mumkin.

Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112430
Jamiyat
95090
Jamiyat
91309
Jamiyat
76008
Jamiyat
//
Izoh yo‘q