Jamiyat
Olimlar Shimoliy Amerikada pandemiya keltirib chiqaradigan yangi virusni aniqladi.
Genipavirusning bir turi boʻlgan Camp-Hill virusi Alabama shtatidan qayd etilgan. Mutaxassislarning xulosalariga koʻra, u odamlar va hayvonlarni ogʻir kasallikka duchor qilishi, ularning oʻlimiga sabab boʻlishi mumkin.
“Ushbu virusning Shimoliy Amerikada topilishi uning global miqyosda ilgari oʻylanganidan koʻra koʻproq tarqalayotganidan dalolat beradi”, deyiladi xabarda.
Genipaviruslar boshqa viruslarga qaraganda ancha jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
“Bu guruga kiruvchilardan eng xavflisi Hendra virusi boʻlib, u birinchi marta Brisbenda (Avstraliya) topilgan. Uning oʻlimga olib kelish ehtimoli 70 foiz”, deydi Kvinslend universiteti (UQ) tadqiqotchisi Ris Perri.
Genipavirus sinfida Nipah virusi ham boʻlib, Malayziya va Bangladeshda bu virusni yuqtirganlarning oʻlim koʻrsatgichi 40 foizdan 75 foizgacha yetgan.
Endi yana bir yangi tur – Camp-Hill virusi Kanada va AQShda mayda sutemizuvchilarda aniqlandi.
Doktor Ris Perrining aytishicha, virus odamlar uchun xavf tugʻdiradimi yoki yoʻqligini tushunish uchun koʻproq tadqiqotlar oʻtkazish kerak.
Taxminlarga koʻra, genipavirus oilasiga mansub viruslar hayvonlardan odamlarga yuqadi. Hozirda vaksina ishlab chiqarish jarayoni faollashgan.
Yana bir mutaxassis Ariel Isaaks genipavirus oilasiga qarshi vaksinalarni ishlab chiqish Kvinslend universiteti tadqiqotchilari uchun ustuvor vazifa ekanini taʼkidlaydi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q