Jamiyat
Bu yil fevral oyi 6–7 kun davomida saqlanib turadigan quruq ob-havo bilan boshlanadi.
Oy boshida havo harorati kechalari 0–5 daraja sovuq, kunduz kunlari 3–8 daraja iliq atrofida boʻladi. 6–7-fevral kunlariga kelib, nisbatan iliqlashadi, kunduz kunlari havo 12–15 daraja iliqqacha, shimolda 5–8 daraja iliqqacha isiydi.
Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechalari 2–7 daraja iliqdan 3–8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10–15 daraja iliqdan 0–5 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 2 daraja sovuq–3 daraja iliqdan 8–13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5–10 daraja iliqdan 0–5 daraja sovuqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.
Respublika hududi boʻyicha birinchi oʻn kunlik oxirida asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarda 2–3 kundan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.
Fevral oyida respublika hududi boʻyicha oylik yogʻingarchilik miqdori oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan koʻp boʻlmaydi.
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90460
Jamiyat
74537
Jamiyat
//
Izoh yo‘q