Jamiyat
Davlat chegarasida jismoniy shaxslarning harakatlanish jarayonlari yanada soddalashtiriladi. Bu boʻyicha Hukumat qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, “Elektron navbat” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda, avtotransport vositalarining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktidan harakatlanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlangan.
Bunda xizmatdan foydalanish uchun vakolatli shaxs Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti yoki navbatlarni boshqarish tizimi joriy etilgan kutish zonalarida navbat olishi mumkin.
Avtotransport vositasi navbatlarni boshqarish tizimida belgilangan vaqtda yetib kelmaganda, olingan elektron navbat oʻz kuchini yoʻqotadi.
Bundan tashqari, hujjat bilan “Jismoniy shaxslarning Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktidan harakatlanishida “Fast-track” xizmatidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom ham tasdiqlangan.
Hujjatga asosan, xizmatdan foydalanish uchun jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxsning vakili Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti yoki elektron toʻlov tizimlari orqali harakatlanishdan oldin elektron yoki oʻtkazish punktiga harakatlanish chogʻida ogʻzaki ravishda murojaat qiladi.
Xizmatdan foydalanadigan shaxslar hamda ularning qoʻl yuki va bagajlari nazorati ushbu xizmat uchun ajratilgan alohida joylarda davlat nazorati organlari tomonidan navbatsiz amalga oshiriladi, mazkur xizmatdan foydalanayotgan jismoniy shaxslar navbati bundan mustasno.
Xizmatdan foydalanganlik uchun toʻlov 18 yoshga toʻlgan har bir jismoniy shaxs uchun navbat olinadigan kundagi BHMning 15 foizi miqdorida toʻlanadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q