Jamiyat
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti mamlakatimizning turizm salohiyati va madaniy merosini keng targʻib qilish maqsadida “Osiyo davlatlari milliy modasi va sanʼati” koʻrgazmasida ishtirok etdi.
Ushbu tadbir 2025-yilda Samarqandda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Oʻzbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Anjumanda oʻzbek milliy liboslari va qoʻl mehnati mahsulotlari namoyish etilib, turli davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Shuningdek, koʻrgazma doirasida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti talabasi Komila Sobirova oʻz kolleksiyasi bilan qatnashdi. Kolleksiya barcha mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Osiyo davlatlari vakillari oʻrtasida memorandum imzolandi. Ushbu memorandumga talabamiz Komila Sobirova ham imzo chekdi.
Tadbirning ikkinchi kunida institut va elchixona vakillari tomonidan katta qozonda osh damlandi. Koʻrgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar va mahalliy aholi oshning tayyorlanish jarayonida ishtirok etishdi va osh uchun katta navbat hosil boʻldi.
Qayd etilganidek, mazkur tadbir Oʻzbekistonning milliy qadriyatlari va anʼanaviy sanʼatini xalqaro miqyosda keng targʻib qilish barobarida, xorijiy davlatlar bilan madaniy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash yoʻlida muhim qadam boʻlib xizmat qilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q