Jamiyat
Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti bolalarga nisbatan zoʻravonlik indeksining viloyatlar boʻyicha ishlab chiqilgan tahlilini taqdim qildi.
Unga koʻra, Surxondaryo viloyatida bolalarni tarbiyalashda kattalar qattiqroq usullardan foydalanadi. Shuningdek, Samarqand viloyati ham bolaga jismoniy zoʻravonlik qilish boʻyicha birinchi qatorda turadi. Keyingi oʻrinlarda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻrsatilgan.
Surxondaryo viloyati bolani tarbiyalashda hissiy (emotsional) zoʻravonlikdan foydalanishda ham old qatorda. Unda keyin pog'onadan Qashqadaryo vohasi joy olgan.
Tarbiya jarayonida zoʻravonlik elementlari uchramaydigan viloyat (har ikki turda ham) Andijon ekanligini quyidagi suratda koʻrish mumkin.
Qolgan barcha viloyatlarda bolani tarbiyalashda qattiqqoʻllik rejimi ishlatiladi.
Taʼkidlash lozim, tahlil xulosasi ota-onalarning oʻzlaridan olingan soʻrov natijalariga asoslanilgan. Aslida bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari batafsil oʻrganishni talab etadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q