Madaniyat
31-yanvar kuni oʻzbek madaniyati va sanʼatini yuksaltirish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda salmoqli, serqirra ijodi bilan katta hissa qoʻshgan isteʼdodli bir guruh ijodkorlarga “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti topshirildi.
Gʻoliblar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha aniqlandi:
▪️ Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi — Sevara Shodiyeva (“Romeo va Juletta” spektaklidagi Juletta roli uchun);
▪️ Yilning eng yaxshi teatr aktyori — Hamza Hasanov (“Choʻlpon” spektaklidagi Choʻlpon roli uchun);
▪️ Yilning eng yaxshi teatr rejissyori — Obidjon Abdullayev (“Kulolning armoni” spektakli uchun);
▪️ Yilning eng yaxshi qoʻgʻirchoq teatri spektakli — “Alp oʻgʻlon” (Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri. Sahnalashtiruvchi rejissyor: Akmal Xudoyorov);
▪️ Yilning eng yaxshi teatr spektakli — “Choʻlpon” spektakli (Oʻzbek Milliy akademik drama teatri);
▪️ Aholiga xizmat qilgan yilning eng yaxshi kutubxonasi — Saʼdulla Kurbanbayev (Toshkent viloyati koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi direktori);
▪️ Yilning eng yaxshi milliy madaniy markazi — Respublika turkman milliy madaniy markazi;
▪️ Yilning eng yaxshi badiiy filmi — “Bahodir Yalangtoʻsh” (Rejissyor: Jahongir Ahmedov);
▪️ Yilning eng yaxshi adibi(shoiri) — Qutlibeka Rahimboyeva (“Saodat” jurnali ijtimoiy-siyosiy boʻlimi mudiri);
▪️ Yilning eng yaxshi media loyihasi — “Ovoz” teleloyihasi;
▪️ Yilning eng yaxshi sozandasi — Saidakmalxoʻja Tursunxoʻjayev (Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi “Bek” milliy doirachilar guruhi);
▪️ Yilning eng yaxshi orkestri — Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri;
▪️ Yilning eng yaxshi anʼanaviy ayol xonandasi — Adolat Ismoilova (Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli maqomchisi);
▪️ Yilning eng yaxshi anʼanaviy erkak xonandasi — Bobur Kenjayev;
▪️ Yilning eng yaxshi estrada ayol xonandasi – Jasmin (Madina Fayzullayeva) (“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi);
▪️ Yilning eng yaxshi estrada erkak xonandasi — Gʻaybulla Tursunov (“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi);
▪️ Yilning eng yaxshi raqqosasi — Dilnoza Mirzayeva (O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Navbahor” ansambli);
▪️ Yilning eng yaxshi sirk artisti — Darina Matveyeva (“O‘zbeksirk” davlat muassasasi oliy toifali artisti);
▪️ Yilning eng yaxshi qiziqchisi – Jamshid Normatov;
▪️ Yilning eng yaxshi opera ijrochisi – Otabek Nazirov (O‘zbekiston davlat simfonik orkestri).
Maʼlumot uchun, mukofotga sazovor boʻlgan ijodkorlar madaniyat vazirining buyrugʻi asosida mukofotning maxsus statuetkasi hamda sertifikati, shu bilan birga, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan moddiy ragʻbatlantiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q