Jamiyat
Oʻzbekistonda 2024-yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambagʻallik darajasi aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, oʻtgan yili Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaygan (3,3 mln nafar kishi yoki 2023-yilga nisbatan 719 mingga kamaygan).
Respublika boʻyicha ayni vaqtda Xorazm viloyati kambagʻallik darajasi eng yuqori boʻlgan hudud hisoblanadi – 11,9 foiz. Mazkur viloyatda koʻrsatgichlar 2023-yilga (14,1 foiz) qaraganda 2,2 foizga yaxshilangan.
Keyingi oʻrinda Jizzax viloyati turibdi – 11,8 foiz. Ushbu vohada 2023-yilda kambagʻallik darajasi 14,2 foiz boʻlgan.
Sirdaryo viloyati esa ushbu reytingda 3-oʻrindan joy olgan – 11,3 foiz. Viloyatda kambagʻallik darajasi 2,5 foizga pasaygan – 2023-yilda 13,8 foiz.
Quyida boshqa viloyatlarning foizlari ham keltirilgan:
Ushbu hisobot Jahon banki bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar asosida tayyorlangan.
Tahlillarga koʻra, kambagʻallik darajasi eng yuqori pasayishlar Buxoro (11,8 foizdan 8,7 foizgacha), Samarqand (10,5 foizdan 7,5 foizgacha), Namangan (10,4 foizdan 7,6 foizgacha) viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (13,6 foizdan 10,8 foizgacha) kuzatilgan.
Foyda hisobida esa 2024-yilda aholining real daromadi 10,7 foizga oʻsib, jon boshiga oyiga oʻrtacha 2,1 mln soʻmdan toʻgʻri kelgan (yil boshida – 1,7 mln soʻm).
Aholining ish haqidan daromadlari 2023-yilga nisbatan 12,9 foizga koʻpaygan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q