Oʻzbekistonda dunyoviy nikoh normalari qonunchilik darajasida mustahkamlanadi

Saqlash
09:34 / 03.02.2025 152 0

Oldinroq “Fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgani xabar qilingan edi.

 

Mazkur hujjatda nikoh institutini tartibga solish yoʻnalishida dunyoviylikni qonunchilik darajasida mustahkamlashga ham eʼtibor qaratilgan.

 

Dunyoviylik deganda nikoh munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishda fuqarolarning huquq va erkinliklariga, fuqarolik va oila qonunchiligiga tayanish tushuniladi.

 

Qaror loyihasiga koʻra, nikoh institutini tartibga solish yoʻnalishidagi dunyoviylikni taʼminlashning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat:

 

▪️ nikoh institutini tartibga soluvchi huquqiy normalarning dunyoviy qadriyatlarga asoslanishi;

 

▪️nikoh tuzishga doir diniy marosimning faqat nikoh qonunda belgilangan tartibda qayd etilganidan keyingina amalga oshirilishini taʼminlash;

 

▪️ nikohga kiruvchi erkak va ayollarning nikohga kirishda ixtiyoriy roziligi prinsipiga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash;

 

▪️ jamiyatda shakllangan va amaldagi qonunchilikka asoslangan anʼanaviy nikoh munosabatlarini, milliy qadriyatlar va udumlarni qoʻllab-quvvatlash.

 

Bundan tashqari, hujjatda ikki yoki undan ortiq xotin yoxud ikki yoki undan ortiq er bilan er-xotin boʻlib yashashni targʻib qilishni cheklash choralari koʻrilishi taʼkidlangan.

 

Palata rasmiy saytidagi jamoatchilik muhokamasi 9-fevralga qadar davom etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//