Jamiyat
Toshkent viloyatida o‘zbek-qozoq chegarasida joylashgan “G‘ishtko‘prik” (Chernyayevka) chegara bojxona posti 5-fevraldan boshlab 4 oyga yopiladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, cheklov mazkur postdagi katta qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Xususan, postda vaqtinchalik binolarni demontaj qilish, hududni obodonlashtirish, postga tutash hududda zarur infratuzilmani tashkil etish nazarda tutilgan.
“G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati 5-fevral kunidan “Navoiy” chegara bojxona postiga yo‘naltiriladi.
Bu post Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan bo‘lib, “G‘ishtko‘prik” postiga yaqin hudud hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati cheklanadi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112183
Jamiyat
94866
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q