Siyosat
Tashqi ishlar vazirligi o‘zbeklarni “it” deb atagan shaxs borasida bayonot berdi.
Bir necha kun oldin jtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqarosi deb taxmin qilingan shaxsning o‘zbeklarni it deb atagani aks etgan video tarqalgan edi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, video internetda topilishi bilanoq Rossiya tomoniga zudlik bilan murojaat qilingan.
“Qaysi millatga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, xalqimizga qarata aytilayotgan bunday gaplarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar doimo himoya qilgan va himoya qiladi.
Biz axborot maydonini muntazam ravishda kuzatib boramiz. Ushbu video internetda topilishi bilanoq, Rossiya tomoniga diplomatik kanallar orqali zudlik bilan murojaat qilingan. Bunday paytlarda asl manbani topish va materialning haqiqiyligini tekshirish juda muhimdir.
Tabiiyki, Rossiya tomoni shu zahotiyoq “Bunday haqoratomuz bayonotlar, kim tomonidan aytilishidan qat’i nazar, chuqur afsuslanarliligi”ni ta’kidladi.
Tekshiruvlar natijasida ushbu material provokatsion xususiyatga ega bo‘lib, xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarga nizo keltirib chiqarishga urinayotgan buzg‘unchi kuchlar tomonidan to‘qib chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.
Rossiya tomonining xabar berishicha, videoda tilga olingan shaxs Rossiya Federatsiyasi fuqarosi emas. Hozirda Rossiyaning rasmiy OAVlari ham bu borasida qator materiallarni e’lon qilmoqda”, – deyiladi O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov tarqatgan bayonotda.
Rossiya TIV so‘zchisi Mariya Zaxarovaga ko‘ra, FSB bu erkakning shaxsini aniqlagan: u Nikolay Nikolayevich Kochmarik. Rossiyalik soyosatchi uni ukrainalik deb iddao qilgan.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q