
Siyosat
Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi (qarorgohi Venada) etib tayinlandi. U Albaniya prezidenti Bayram Begayga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.
Prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimdan so‘ng o‘tkazilgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Albaniya rahbari so‘nggi yillarda O‘zbekistonda prezident boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini yuqori baholadi, deyiladi xabarda.
Uchrashuvda har ikki tomon munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Diplomat Baxtiyor Ibragimov 58 yoshda. U Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlagan.
Ibragimov O‘zbekistonning AQSh va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, elchi Baxtiyor Ibragimov 2023-yil noyabr oyidan beri mamlakatning Avstriyadagi elchisi ham hisoblanadi. Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili (2017−2023) lavozimida ifaoloyat yuritgan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q