Jamiyat
Qariyb 20-yil bir maktabda dars bergan sirdaryolik oʻqituvchi uzoq yillar maktabda ishlab, kasb kasalligiga chalingani maʼlum boʻldi.
U oldin sogʻligida muammolar boʻlayotganligini sababli shifokorga murojaat qilgan. Tibbiy koʻrik natijasida shifokorlar unga kasb kasalligiga uchragani va mehnat faoliyatini darhol toʻxtatish zarurligini maslahat bergan.
Oʻqituvchi dars berishni toʻxtatgan, lekin unga tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi nafaqa pullarini toʻlab bermaydi. Shundan soʻng, ishni sudga oshirishga toʻgʻri kelgan. Oʻqituvchining murojaatiga asos boʻlgan masala fuqarolik ishlari boʻyicha Sirdaryo tumanlararo sudida koʻrib chiqilgan.
Ishni koʻrish davomida shunisi aniq boʻldiki, daʼvogar koʻp yillar davomida oʻqituvchi lavozimida ishlab kelganligi natijasida kasb kasalligiga uchragan, yaʼni unga surunkali laringit tashxisi qoʻyilgan.
Sud yakuniga koʻra, oʻqituvchining manfaati qondirilib, 70 million soʻm zarar va tovon pullari undirib beriladigan boʻldi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112183
Jamiyat
94866
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q