Jamiyat
Joriy yilning 21-yanvar kuni Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida milliylikni keng targʻib qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinganidan xabaringiz bor.
Mazkur qarorga asosan, “Toshshahartransxizmat” AJ ham haftaning har juma kunini “Milliy liboslar kuni” etib belgiladi.
Xabarda yozilishicha, poytaxt aholisi va mehmonlariga, avtobusda harakatlanayotgan yoʻlovchilarga milliy qadriyatlarni targʻib qilish maqsadida “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 67-sonli va 91-sonli avtobus haydovchilari bugun oʻz faoliyatlarini oʻzbek milliy doʻppisini kiygan holda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlagan.
“Ushbu tadbir orqali milliyligimizni keng targʻib qilish va fuqarolarimizga namuna koʻrsatish maqsad qilingan”, deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q