Jamiyat
Germaniyalik ish beruvchilar oʻzbekistonliklar uchun 8 ta yoʻnalish boʻyicha 20 840 ta ish oʻrnini taklif qilmoqda.
Bular:
- Avtoslesar — avtomobil taʼmirlash boʻyicha mutaxassislik – 950 yevro, 8 soat;
- Avtotexxizmat – 700 yevro, 5 soat;
- Stanok operatori – 700/945 yevro, 8 soat;
- Oshpaz – 900 yevro, 8 soat;
- Elektrik – 2400 yevro, 8 soat;
- Payvandchi – 2400 yevro, 8 soat;
- Hamshira – 1100/1800/2300/2500 yevro, 6/8 soat;
- Mehmonxona xizmatchisi – 1800 yevro, 8 soat.
Germaniyada ishlash istagidagi nomzodlar Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishi mumkin.
Ariza topshirish tartibi quyidagicha:
Roʻyxatdan oʻtish. Nomzod agentlikning maʼlumotlar bazasiga kiritilishi uchun maxsus anketani toʻldirishi shart.
Til oʻrganish. Mavjud monomarkazlar yoki akkreditatsiyadan oʻtgan xususiy oʻquv markazlarida nemis tili kurslarini tamomlash talab etiladi.
Hujjatlarni tayyorlash. Boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha talablarni aniqlashtirib, hujjatlarni Germaniyaga yuborishga tayyorlash zarur.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q