Jamiyat
Respublika hududi bo‘yicha birinchi o‘n kunlik oxirida asosan yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar berdi.
Ushbu davr boshida havo harorati kechalari 0…-5 daraja, kunduz kunlari +3…+8 daraja atrofida bo‘ladi. 6−7-fevral kunlariga kelib nisbatan iliqlashadi. Kunduz kunlari havo +12…+15 darajagacha, shimolda +5…+8 darajagacha isiydi.
Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechalari +2…+7 darajadan −3…−8 darajagacha, kunduz kunlari +10…+15 darajadan 0…+5 darajagacha bo‘ladi. Shimolda kechalari −2…+3 darajadan −8…−13 darajagacha, kunduz kunlari +5…+10 darajadan 0…-5 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Respublika hududi bo‘yicha birinchi o‘n kunlik oxirida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda 2−3 kundan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda.
Fevral oyida respublika hududi bo‘yicha oylik yog‘ingarchilik miqdori o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan ko‘p bo‘lmaydi.
O‘tgan yillarda fevral qanday bo‘lgan?
Iqlim ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyi yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 2−2,5 darajaga, tog‘larda 1−1,5 darajaga iliqroq bo‘ladi. Ammo qish oylarining ob-havosi bir xillikka moyil emas va turli yillarda O‘zbekistonda fevral oylari har xil bo‘lgan.
Ushbu asrda umuman olganda 2004, 2016 va 2021-yillarning fevral oylari eng iliq oylar bo‘lib, o‘rtacha oylik harorat iqlimiy me’yordan 3−6 darajaga yuqori bo‘lgan. Ushbu yillarda eng iliq davrlarda havo harorati +22…+27 darajagacha, janubda +28…+30 darajagacha ko‘tarilgan. Bunday sharoitlar bahor faslining o‘rtalariga xosdir.
O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun fevral oyidagi maksimal haroratning mutlaq rekordlari respublika hududining katta qismida 2016 va 2021-yillarda kuzatilgan.
Ammo eng iliq yillarda ham fevral hali ham qish oyi ekanligini unutmaydi. Ko‘pincha havoni jadal isishidan so‘ng qisqa muddatga qishki sovuqlar qaytadi. Shunday qilib, 2021-yilning fevral oyida anomal iliq ob-havodan (me’yordan 8−13 darajaga yuqori) so‘ng, oyning oxirgi haftasida havo harorati −10…−15 darajagacha pasaygan edi, deyiladi hisobotda.
Mazkur asrda eng sovuq davrlar 2008, 2012 va 2014-yillarning fevral oylarida kuzatilgan bo‘lib, bunda o‘rtacha oylik harorat me’yordan 4−8 darajaga past bo‘lishi kuzatilgan. Respublika hududining katta qismida minimal havo harorati −12…−17 darajagacha, shimolda −24…−29 darajagacha pasaygan.
Biroq bu sovuqlar kuzatuvlarning tarixiy qatori uchun eng past qiymatlarga nisbatan (hududlarning katta qismida havo harorati −23…−28 darajagacha, Qoraqalpog‘istonda −30…−32 darajagacha, Ustyurtuda −38…−40 darajagacha pasaygan) ancha kuchsizroq bo‘lgan. Faqat Surxondaryo viloyati bo‘yicha minimal havo haroratining mutlaq rekordi ushbu asrga tegishli. 2014-yil fevral oyida harorat −20…−22 daraja sovuqqacha pasaygan edi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda fevral oylari iliqroq bo‘ldi.
Iqlim ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston hududining katta qismida fevral oyi kuz-qish davri uchun yog‘ingarchilik eng ko‘p kuzatiladigan oydir. Shunga qaramay, fevral oyi yog‘ingarchilik miqdori, hamda harorat tartibi bo‘yicha ham turli xil bo‘ladi.
Ushbu asrda 2016-yilning fevral oyi eng quruq bo‘lib, barcha hududlar bo‘yicha yog‘ingarchilik oylik me’yorning 20 foizdan kam bo‘lgan. Hududning katta qismida 2010-yil fevral oyida yog‘ingarchilik eng ko‘p bo‘lib, oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan 200 foizdan 300 foizgacha bo‘lgan edi.
Tekislik hududlar bo‘yicha fevral oyida yog‘ingarchilik tez-tez aralash ko‘rinishda (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, lekin qor qoplami kamdan-kam hollarda shakllanadi va 2−5 kundan ko‘p saqlanib turmaydi.
Ushbu asrda qor qoplami eng uzoq kuzatilgan davr 2008-yil fevral oyida qayd etilgan. Respublikaning markaziy hududlari bo‘yicha qor qoplami kuzatilgan kunlar soni 20−25 kunni, janubiy viloyatlarda 8−15 kunni tashkil etgan.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q