Jamiyat
“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi”gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Nizom litsenziya asosida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Dorixonalardan giyohvandlik vositalarini jismoniy shaxslarga shifokor retsepti asosida realizatsiya qilish (berish) quyidagi shaxslar tomonidan amalga oshiriladi:
– dorixona mudiri;
– farmatsevt (provizor);
– dorixona farmatsevti assistenti.
Giyohvandlik vositalari maxsus pushti retsept blanka asosida beriladi.
Davolash-profilaktika muassasalariga giyohvandlik vositalari uchun zarur boʻlgan retsept blankalari Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi.
Bir dona retsept blankasida shifokor tomonidan faqat bitta nomdagi giyohvandlik vositasi miqdori yetti kunlik ehtiyojdan oshirilmagan holda yozilishi kerak.
Dorixonaning giyohvandlik vositalari saqlanadigan xonada giyohvandlik vositalari boʻyicha berilgan retseptlar besh yil davomida muhrlangan holda saqlanadi.
Davolash-profilaktika muassasasining dorixonasida giyohvandlik vositalari zaxirasi bir oylik ehtiyojdan oshmasligi, boʻlimlarida esa uch kunlik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q