Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkentdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi qatnashdi.
Shavkat Mirziyoyevning eʻtibori bilan Birinchi Prezidentning xotirasi abadiylashtirildi, Islom Karimov tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʻrifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Samarqandga tashriflar chogʻida Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilish ezgu anʻanaga aylandi.

Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat va namuna ekanligi qayd etildi. Qurʻon oyatlari oʻqilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentning xalq manfaati yoʻlida qilgan ishlari, fazilatlari yodga olindi.
Bunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham oʻtkazildi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q