Kamar bilan urish, quloq burash, haqorat qilish. Oʻzbekistonda bolalarni tarbiyalash metodlari oʻrganildi

Saqlash
13:59 / 29.01.2025 213 0

Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti tadqiqotchilari Oʻzbekistonda bolalarni tarbiyalash boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazdi.

 

Tahlil yakunida mamlakatda istiqomat qiladigan oilalar tarbiya jarayonida 11 ta usuldan keng foydalanishini bildirgan. Ushbu metodlardan eng keng tarqalgani “Tushuntirish” boʻlib, soʻrovnomada qatnashganlarning 81,6 foizi shu usulni ishlatishini maʼlum qilgan.

 

“Boshqa narsa bilan chalgʻitish” metodi esa qoʻllanilish boʻyicha 2-oʻrinni egallagan (66,3 foiz respondent).

 

Soʻrovnomada qatnashganlarning deyarli yarmi tarbiyalash jarayonida “Baqirish” usulini qoʻllashini bildirgan (50,1 foiz).

 

Keyingi oʻrindan “Imtiyozlardan mahrum qilish” metodi joy olgan (29 foiz).

 

Ajablanarlisi, oʻzbek oilalarining bola tarbiyasida salbiy oqibat keltirib chiqaruvchi metodlardan keng foydalanishi mazkur tadqiqotda yaqqol koʻzga tashlanadi.

 

Jumladan, aytib oʻtilgan 11 ta tarbiyalash usullarining 7 tasida zoʻravonlik alomatlari mavjud. Masalan, respondentlarning 28,8 foizi bolani tarbiyalash uchun soʻkinadi, 13,7 foizi farzandining oyogʻiga uradi. 13,3 foizi jazolash uchun bolani silkitsa, 11,1 foiz tarbiyalashga masʼul shaxs bolaning ketiga uradi.

 

Bundan tashqari, tadqiqot yakunida tarbiyalash uchun bolaning qulogʻiga uradiganlar qatnashchilarning 3,6 foizini, kamar bilan uradiganlar 2,8 foizini, qattiq uradiganlar boʻlsa 0,6 foizni tashkil etishi aniqlangan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//