Jamiyat
Oʻzbekistonda rivojlanib borayotgan elektron tijorat sohasida isteʼmolchilarga qulaylik yaratilishi bilan birga muammolar ham kuzatilmoqda.
Jumladan, 2024-yilda Raqobat qoʻmitaga elektron tijorat sohasiga oid 1328 ta murojaat kelib tushgan. Shulardan 1085 tasi (81,9 %) ijobiy hal etilgan boʻlsa, 190 tasiga (14,3 %) tushuntirish berilgan. yana 17 tasi (1,3 %) vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan va qolgan 33 tasi boʻyicha murojaatlar koʻrib chiqilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, hozirgacha 423 isteʼmolchining huquqlari tiklangan. 88,9 million soʻm isteʼmolchilar foydasiga qayta hisoblangan. 31,6 million soʻmlik mahsulotlar esa almashtirilishi taʼminlangan.
Elektron savdo maydonlarida koʻpchilik muammolar maishiy texnika sotuvidan (77,9 %) kelib chiqqan boʻlib, ular asosan nuqsonli tovarlarga bogʻliq.
Mazkur murojaatlar kesimida eng koʻp muammoli platformalar quyidagilar:
▪️ Uzum Market – 39,6 %;
▪️ Alif Shop – 9,9 %;
▪️ Uzum Nasiya – 6,5 %;
▪️ ZoodMall – 6,0 %;
▪️ Asaxiy uz – 3,8 %;
▪️ IDEA – 2,5%;
▪️ Hopshop – 2,1%;
▪️ 100K uz – 2,1%.
Shuningdek, surishtiruv davomida murojaatlarni hal qilish samaradorligi boʻyicha ham turli platformalar faoliyati tahlil qilingan:
▪️ Openshop uz – 100 %;
▪️ Hopshop – 92,9 %;
▪️ Sello uz – 87,5 %;
▪️ Alijahon uz – 81,5 %;
▪️ ZoodMall – 81,0 %;
▪️ 100K uz – 78,6 %;
▪️ Alif Shop – 67,2 %;
▪️ Uzum Nasiya – 66,3 %;
▪️ Uzum Market – 60,2 %.
Maʼlumotda yozilishicha, Sandiqshop (21,4 %) va Booknomy (28,6 %) elektron savdo platformalari boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati isteʼmolchilar foydasiga hal qilinmasdan, murojaat qanoatlantirilishi juda past koʻrsatkichni tashkil etmoqda.
Endilikda qoʻmita tomonidan ommaviy ofertalarni qonunchilikka moslashtirish, elektron savdo ishtirokchilarining malakasini oshirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q