Jamiyat
Foto: LiveJournal
Kecha, 28-yanvar kuni Prezident ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi boʻlganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi.
Maʼlum qilinishicha, endi oilaning kambagʻal deb eʼtirof etilishi uning aʼzolaridan qoʻshimcha ariza va hujjatlarni talab etmagan holda ijtimoiy yordamlar koʻrsatilishiga asos boʻladi.
Shu bilan birga, samarasiz va talab yuqori boʻlmagan ijtimoiy yordamlar maqbullashtirilib, 28 turdagi ijtimoiy yordamning yagona roʻyxati tasdiqlanadi. Ijtimoiy daftarlar hisobidan ajratiladigan davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
Taqdimotda oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga koʻmaklashish tadbirlari haqida ham axborot berildi.
Maʼlumot uchun, “Kambagʻal oilalar reyestri” bu oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, daromadi va mulkni baholaydigan axborot tizimi hisoblanadi.
Taʼkidlanishicha, davlat rahbari endi kambagʻallik reyestrini oilalarning mehnatga layoqatiga qarab tabaqalashtirish, mehnatga layoqatli boʻlmaganlarni davlat ijtimoiy himoyasiga olish, ularni ijtimoiylashtirish boʻyicha koʻrsatmalar bergan.
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q