Jamiyat
UzAirways 20-yanvardan Yevropaga Rossiyani chetlab ucha boshladi. Bu Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligining (EASA) tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan.
Aviakompaniya boshqaruvi raisi Shuhrat Xudoyqulov maʼlum qilishicha, bu jarayonda Havodagi harakatni boshqarish markazi mutaxassislari bilan tahlillar oʻtkaziladi, havo hududida sodir boʻladigan holatlar yuzasidan onlayn xabarnoma (NATOM) chiqariladi va ekipajga koʻrsatmalar beriladi.
Hozirda aviaqatnovlar janubroqdan — Ozarbayjon va Istanbul orqali amalga oshirilmoqda.
“Bu, albatta, har bir parvozni 30−40 daqiqagacha bir tomonga koʻpaytirdi. Bu esa qoʻshimcha xarajat, degani. Shunga qaramasdan, biz chipta narxlarini oʻzgartirishni qayta koʻrib chiqqanimiz yoʻq. Chunki bu fors-major holat va buning uchun yoʻlovchi javobgar boʻlishi kerak emas”, deydi u.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90461
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q