Madaniyat
Xosiyat Rustamovaga Ozarboyjon Respublikasining davlat mukofoti — “Diaspor faoliyatidagi xizmatlari uchun” (“Diaspor fəaliyyətində xidmətə görə”) medali berildi.
Mazkur mukofot Ozarboyjon Respublikasi bilan aloqalarni mustahkamlash, xalqaro maydonda Ozarboyjon haqida obyektiv maʼlumotlarni tarqatish, Ozarboyjon tili va madaniyatini xorijiy mamlakatlarda targʻib qilish, shuningdek, Ozarboyjonning xalqaro ikki va koʻp tomonlama aloqalarini rivojlantirishda samarali faoliyat koʻrsatgan shaxslarga beriladi.
“Xosiyat Rustamova Ozarboyjon madaniyatini targʻib qilish, Qorabogʻ haqiqatlarini turkiy dunyo hamjamiyatiga yetkazish, xalqlarimiz orasida adabiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda keng koʻlamli faoliyati bilan ajralib turadigan madaniyat vakillaridan biridir”, – deb yozdi Bizmyazi.az sayti.
Ozarboyjon Yozuvchilar uyushmasi kotibi Salim Bobullo oʻgʻlining taʼkidlashicha, Rustamova oʻzi rahbarlik qilayotgan “Kitob dunyosi” gazetasi orqali qardosh xalqlarimiz orasida adabiy aloqalarimiz yanada ravnaq topishi uchun mislsiz hissa qoʻshgan.
“Mazkur nashr isteʼdodli ozar adiblari va madaniyat vakillarining ham targʻibot minbariga aylandi. Shoiraning Qorabogʻ mavzusiga bagʻishlangan “44 kun”, “Ismi lola edi u qizning” nomli kitoblari, ayniqsa, diqqatga sazovordir”, deydi u.
Maʼlumot uchun, Xosiyat Rustamova 1971-yil 19-mart kuni Chust tumanida tavallud topgan.
Shoira, tarjimon sifatida tanilgan Rustamova “Shuhrat” (2004-yil) medali hamda “Oltin qalam” milliy mukofoti, Rossiya Yozuvchilar uyushmasining nufuzli “Oltin Ritsar” (2021-yil) kabi mukofotlar bilan taqdirlangan.
U 2019-yildan Ozarboyjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q