Madaniyat
Fargʻona viloyatida Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.
Maskanni taʼmirlashga qariyb 14 mlrd soʻm sarflangan boʻlib, 300 dan ortiq oʻquvchi oʻrni yaratilgan.
350 mingdan ortiq axborot-resurs fondiga ega kutubxonada bookcafe, 5 ta oʻquv zali, ilmiy-tadqiqot, bolalar va oʻsmirlarga xizmat koʻrsatish, nodir fotosuratlar boʻlimlari mavjud.
Eng nodir kitoblar esa alohida talablar asosida saqlanadi.
Bundan tashqari, xorijiy tillarda chop etilgan adabiyotlarni oʻqish uchun alohida 60 oʻrinli zal, ona va bola xonasi tashkil etilgan.
Masofadan turib kitob oʻqish uchun imkoniyat yaratilgan maskanda Wi-Fi zonasi ham bor.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q