Jinoyatchilik darajasi boʻyicha davlatlar reytingi eʼlon qilindi

Saqlash
16:31 / 27.01.2025 261 0

2025-yil uchun Jinoyatchilik indeksi (Crime Index bu Country 2025) eʼlon qilindi.

 

Unga koʻra, jinoyatchilik eng avjiga chiqqan davlat bu Venesuela hisoblanar ekan. Mazkur mamlakatda jinoyatchilik darajasi 80,7 foiz boʻlsa, xavfsizlik 19,3 foizni tashkil etadi.

 

Undan keyingi oʻrinda esa Papua Yangi Gvineya joy olgan — jinoyatchilik – 80,3 foiz, xavfsizlik – 19,7 foiz.

 

Keyingi qatorlarni Gaiti (jinoyatchilik – 78,9 foiz, xavfsizlik – 21,1 foiz), Afgʻoniston (jinoyatchilik – 75,1 foiz, xavfsizlik – 24,9 foiz) va Janubiy Afrika (jinoyatchilik – 74,7 foiz, xavfsizlik – 25,3 foiz) kabi davlatlar band qilgan.

 

Ushbu reytingda Rossiya 97-oʻrindan joy olgan — jinoyatchilik – 38,7 foiz, xavfsizlik – 61,3 foiz.

 

Qozogʻiston esa 77-oʻrinda — jinoyatchilik – 45,2 foiz, xavfsizlik – 54,8 foiz.

 

Oʻzbekiston ham mazkur indeksda boʻlib, mamlakatning oʻrni 121-oʻrinda qayd etilgan — jinoyatchilik – 27,9 foiz, xavfsizlik – 72,1 foiz.

 

Taʼkidlash lozim, 2024-yilgi maʼlumotga koʻra, Oʻzbekiston 118-oʻrinda boʻlgan. Oʻshanda mamlakatdagi jinoyatchilik darajasi 30,5 foiz, xavfsizlik darajasi boʻlsa 69,5 foiz deya koʻrsatilgan.

 

Maʼlumot uchun, reytingda dunyodagi eng jinoyatchilik kam davlat sifatida Andorra koʻrsatilgan. Keyingi oʻrinlarda Birlashgan Arab Amirligi, Qatar va Tayvan davlatlar jinoyatchilik kam uchraydigan mamlakatlar ekani maʼlumotlar bilan keltirilgan.

 

Oʻzbekiston esa jinoyatchilik kam uchraydigan davlatlar orasida 27-oʻrinda turibdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//