Ekologik madaniyatni buzishga targʻib qiluvchi video olgan fuqaro jazolandi

Saqlash
14:45 / 27.01.2025 199 0

Ekologik madaniyatni buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan reklama roligini ijtimoiy tarmoqqa joylagan fuqaro jarimaga tortildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, tartibbuzar mazkur kontenti bilan (pista chaqib, mahsulotni reklama qilgan) Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunining 22-moddasi, 45-moddasi talablarini qoʻpol ravishda buzgan.

 

Holat boʻyicha huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 91¹-moddasining 1-qismi bilan BHMning 2 baravari miqdorida jarima belgilanib, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda tushuntirish ishlari olib borilgan.

 

 

Maʼlumot uchun:

Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning atrof muhitga xavfsizligi uchun chiqindilarning mulkdorlari javob beradilar.

“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun, 22-modda.

 

Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda saqlash va bunday joylarga koʻmib tashlash taqiqlanadi.

“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun, 45-modda.

 

Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks, 91¹-moddasi 1-qismi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//