Jamiyat
Buxoro va Namangan viloyatlarida davlat texnika universitetlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Ularga hududdagi ayrim institutlar qoʻshib yuboriladi.
Jumladan, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Muhandislik, ishlab chiqarish, oziq-ovqat texnologiyasi, yengil sanoat, neft va gaz, yashil energetika, arxitektura va qurilish, transport va logistika, agrotexnologiya, axborot texnologiyalari va dasturlash sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq oliy maʼlumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
OTMda neft va gaz muhandisligi sohasida Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati ham yoʻlga qoʻyiladi.
2026-yil 1-yanvardan universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.
Namangan davlat texnika universitetiga esa Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan toʻqimachilik sanoati instituti biriktiriladi.
Yangi oliy oʻquv yurti ham muhandislik, qurilish, toʻqimachilik, axborot texnologiyalari va dasturlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda xizmat koʻrsatish sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq oliy maʼlumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi.
Universitetda yuridik shaxs maqomisiz Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.
2026/2027 oʻquv yiligacha Universitetning kamida ikkita bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va uchta magistratura mutaxassisligining xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan oʻtkazilishi taʼminlanadi.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan toʻqimachilik sanoati institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchilarga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.
Maʼlumot uchun, ikkala OTMga ham yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q