Mansabdor shaxslar ko‘proq qanday jinoyat qilishadi?

Saqlash
11:46 / 24.01.2025 67 0

Bosh prokuratura mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlilini taqdim qildi.

 

Unga koʻra, 2024-yilda 3821 ta jinoyat ishi boʻyicha 4906 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning 71 nafari respublika, 410 nafari viloyat va qolgan 4425 nafari tuman (shahar) miqyosidagi xodimlar hisoblanadi.

 

Maʼlumotga koʻra, qoʻlga tushgan lavozim egalari tomonidan 3 trln 608 mln soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan boʻlib, shundan 2 trln 343 mln soʻmi yoki zararning 65 foizi undirib olingan.

 

Taqqoslansa, 2023-yilga qaraganda 2024-yilda jinoyat qilgan mansabdor shaxslar 1331 nafarga koʻp (2023-yilda 3575 nafar).

 

Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning katta qismi oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-taroj qilish jinoyatiga toʻgʻri keladi – 2929 nafar.

 

Ikkinchi oʻrindan esa firibgarlik joy olgan. Oʻtgan yili 447 nafar mansabdor firibgarlik qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

 

Uchinchi oʻrinda mansab vakolatini suiisteʼmol qilish turibdi – 226 nafar.

 

Quyidagi jadvalda mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar turlari keltirilgan:

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//