Jamiyat
Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida joylashgan Asaka Motors avtomobil zavodida yoʻlovchilar va yuk tashishga moʻljallangan yangi “WULING N111” avtomobilini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Uzunligi 3 797 mm, kengligi 1 510 mm, balandligi esa 1 820 mm boʻlgan “WULING N111” yetti kishini sigʻdira oladi.
Avtomobil 82 ot kuchiga ega boʻlib, 1,2 litrli injektor atmosferali dvigatel bilan jihozlangan.
Oʻrtacha yonilgʻi sarfi 100 km uchun 6,3 litrni tashkil etadi va yonilgʻi baki hajmi 38 litrga teng.
Standart toʻplam konditsioner, ABS tizimi va boshqa xavfsizlik elementlarini oʻz ichiga oladi.
Asaka Motors International kompaniyasi boshqaruvi raisi Avazbek Jalilovning taʼkidlashicha, hozirda mijozlar avtomobil uchun oldindan buyurtma berishi mumkin.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q