Yangi uy-joy xarid qilgan fuqarolarga keshbek berilishi mumkin

Saqlash
17:33 / 23.01.2025 80 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

 

Unda uy-joy qurishda asosiy eʻtiborni eskirgan uylar oʻrnida renovatsiya asosida zamonaviy koʻp qavatli uylarni koʻpaytirishga qaratish zarurligi taʻkidlandi. Renovatsiya hisobiga yerdan foydalanish samaradorligi 4-5 karra oshadi, kommunikatsiya xarajati 2 karra kamayadi.

 

Bu borada Jizzax, Margʻilon, Qoʻqon, Shahrisabz, Qarshi shaharlari, Doʻstlik va poytaxt tumanlarida ishlar yaxshi boshlangani qayd etildi. Ularning tajribasini barcha hududda ommalashtirish kerakligi, avariya holatidagi eskirgan uylarda yashayotgan odamlar buni kutayotgani koʻrsatib oʻtildi.

 

Renovatsiya asosida bu yil 20 ming xonadon qurilishini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

 

Joriy yilda uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga budjetdan 15,5 trillion soʻm resurs berilmoqda.

 

Sohada yashirin iqtisodiyotni yanada qisqartirish uchun yangi uy-joy oladigan fuqarolarga oʻzi toʻlagan mablagʻining bir qismini keshbek qilib qaytarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//