Jamiyat
Shuningdek, qurilish boshidanoq ipoteka va subsidiya olish mumkin boʻladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda uy-joy qurish sohasidagi muammolar aytildi. Xususan, “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish boʻyicha mutlaqo yangi tizim yoʻlga qoʻyilishi taʼkidlandi.
Endi “Yangi Oʻzbekiston” massiviga berilgan yer boʻyicha loyihalashni 2 oydan, qurilishni boshlashni 3 oydan oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu talab buzilsa, yer qaytarib olinib, qayta auksionga chiqariladi.
Loyiha ekspertizasini oʻn besh kundan oʻtkazib yuborgan tashkilotlarning litsenziyasi toʻxtatib qoʻyiladi.
Shuningdek, qurilishda “eskrou” tizimi joriy qilinmoqda. Bu tizim developerlarga hozirgidan pastroq stavkada mablagʻ jalb qilish imkonini beradi. Muhimi, developerlarni moliyalashtirish uy qurish bilan birga boshlanadi va davom etadi.
Fuqarolar esa qurilish boshidan ipoteka va subsidiya olish hamda uy bitmasdan turib ham boshqa odamga sotish imkoniga ega boʻladi. Bu bilan uy sotib oluvchilar kafolatli himoyalanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q