Jamiyat
Toshkent–Xoʻjakent elektropoyezdi qatnovi “Chinorkent” bekatigacha uzaytirildi. Bu haqda Toshkent mintaqaviy temiryoʻl uzeli xabar berdi.
Xoʻjakentdan Chinorkentgacha 1,5 km masofaga temiryoʻl qurildi, shuningdek, “Chinorkent” temiryoʻl bekati qurib bitkazildi hamda 22-yanvar kuni foydalanishga topshirildi.
Bu yerda 150 m uzunlikda perron hamda soyabon qurilib, imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar uchun sirgʻanishga qarshi plitalar oʻrnatildi hamda yoʻlovchilar uchun yerosti tunneli barpo etildi.
Endilikda Toshkentdan yoʻlga chiqqan yoʻlovchilar, sayyohlar zamonaviy elektropoyezdda “Chinorkent” temiryoʻl bekatiga yetib kelishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, ushbu yoʻnalishda yangi elektropoyezd 2024-yil dekabr oyidan qatnay boshlagan.
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112430
Jamiyat
95090
Jamiyat
91309
Jamiyat
76008
Jamiyat
//
Izoh yo‘q