Jamiyat
Avvalroq Shimoliy qutbga borgan ilk o‘zbekistonlik Aleksandr Trach Janubiy qutbga borish borasida ham birinchi bo‘ldi.
Aleksandr Trach O‘zbekistonning Janubiy qutbga yetib borgan ilk fuqarosi bo‘ldi – bu ma’lumotni uning o‘zi tasdiqlagan. Trach qatnashgan ekspeditsiya 2025-yilning 4-yanvaridan 12-yanvarigacha davom etgan. Jamoa 10-yanvar kuni Janubiy qutbga safar qilgan.
Janubiy qutbni zabt etish Aleksandrga O‘zbekistonning ikkala qutbga yetib borgan birinchi fuqarosi bo‘lish imkonini berdi. 2021-yilda u Shimoliy qutbga borgan O‘zbekistonning birinchi fuqarosi bo‘lgandi. Ekspeditsiya 2021-yilning 10−22 iyul kunlari oralig‘ida amalga oshirilgan. O‘shanda jamoada ikki nafar o‘zbekistonlik bo‘lgani uchun, 15-iyul kuni qutb nuqtasiga yaqinlashganda Aleksandr birinchi bo‘lish uchun kema tumshug‘iga ko‘tarilgan.
Farg‘onalik sayyoh Aleksandr Trach hozirgi kunga kelib jami 80 dan ortiq mamlakatga tashrif buyurgan.
“Janubiy qutbda 2−3 soat bo‘lishimiz kerak edi, ammo ob-havo tez buzila boshladi. Uchib keta olmasligimiz xavfi tug‘ildi. Bir yarim soatdan so‘ng barcha kemaga chiqish va tezda uchib ketish haqida buyruq berildi. Janubiy qutbning dengiz sathidan balandligi 2800 metr…” — deya o‘z Instagram sahifasida yozadi Aleksandr.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q