Aktyor Matyoqub Matchonov maʼmuriy javobgarlikka tortildi

Saqlash
17:17 / 22.01.2025 622 0

Aktyor Matyoqub Matchonov bir fuqaroni (soʻkingan holda) haqorat qilgani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqida advokat Bobir Mukadamov xabar berdi.

 

“Mashhurlik javobgarlikdan ozod qilmaydi!” deb yozdi u oʻz sahifasida.

 

Bundan oldin haqoratlangan fuqaro (shaxsiga oydinlik kiritilmagan) aktyor ustidan IIOga ariza kiritib, advokat sifatida yollagan.

 

Bugun, 22-yanvar kuni JIB Chilonzor tumani sudida mazkur ish koʻrib chiqilgan. Unda huquqbuzarning yoshi, arizachidan sud zalining oʻzida uzr soʻragani inobatga olinib, Matchonovga nisbatan BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming soʻm) miqdorida jarima jazosi qoʻllanilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//