Sport
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sababli Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani oʻzaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi.
Sloveniyalik murabbiy oʻz murojaatida hozirgi holatida vazifalarini toʻlaqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etgan.
Doimiy qoʻllab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun assotsiatsiyaga oʻz minnatdorchiligini bildirgan hamda terma jamoaga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tilagan.
“Oʻz navbatida, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Srechko Katanesga terma jamoamiz boshqaruvidagi mehnatlarini uchun minnatdorchilik bildiradi. Salomatligini tiklab, murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tilaydi”, deyiladi assotsiatsiya xabarida.
Maʼlumot uchun, OʻFA hamda Srechko Katanes oʻrtasidagi shartnoma oʻzaro doʻstona munosabatlarni saqlagan holda bekor qilingan boʻlib, hozirda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzodni tayinlash borasida ish olib bormoqda.
Madaniyat
Sport
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q