Jahon
Donald Tramp oʻzining inauguratsiya marosimidan keyin taqiq boʻyicha muhlat berishini maʼlum qilgach, TikTok ijtimoiy tarmogʻi AQSHda 170 million foydalanuvchiga yana xizmat koʻrsata boshladi. Undan avval Tramp lavozimga kirishgach, Tiktok'ka 90 kunlik muhlat berishini va tegishli bayonot bilan chiqishini maʼlum qilgan edi.
2024-yil aprelida AQSH kongressi Xitoyning ByteDance kompaniyasiga TikTokʼni Amerikaga sotish majburiyatini yuklovchi qonun qabul qilgandi. Aks holda, platforma 2025-yilning 19-yanvaridan boshlab mamlakatda taqiqlanishi kerak boʻlgan.
ByteDance taqiqni oldini olish maqsadida kompaniyani sotadi. Biroq 19-yanvar kuni TikTok “Xitoy hukumati amerikalik foydalanuvchilarning maʼlumotlaridan foydalanish xavfi” tufayli qoʻshma shtatlarda ishlashdan toʻxtaydi. Bu holatga AQSH hukumati milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan qarasa-da, ushbu qaror jamiyat va iqtisodiyotda rezonansga sabab boʻladi.
Keyinchalik TikTok “servisni tiklash” jarayonida ekanini haqida xabar berdi. Kompaniya AQSHning navbatdagi prezidentiga “zarur aniqlik va ishonch” uchun minnatdorchilik bildirib, “AQSHda TikTokʼni saqlab qolish imkonini beruvchi uzoq muddatli yechim” boʻyicha Tramp bilan ishlashini maʼlum qildi. Shundan keyin dastur turli platformalarda yana ishlay boshladi.
19-yanvar – yakshanba kuni Tramp oʻzining ijtimoiy tarmogʻi – Truth Socialʼda shunday yozadi:
“Men kompaniyadan TikTokʼni ishlamay qolishiga yoʻl qoʻymasligini soʻrayman! Dushanba kuni men milliy xavfsizligimizni himoya qilish boʻyicha kelishuvga erishishimiz uchun, muddatni taqiq toʻgʻrisidagi qonun kuchga kirgunga qadar uzaytirish boʻyicha farmon chiqaraman”.
Donald Tramp inauguratsiya marosimidan keyin dastur faoliyatini tiklash shartiga oid savollarga toʻxtaldi. Undan TikTok bilan bogʻliq dastlabki qarori – dasturni toʻliq bloklash fikridan nega qaytganini soʻrashganida prezident shunday javob berdi:
“TikTok – bu asosan bolalar va yoshlar. Xitoy ular haqida maʼlumot oladigan boʻlsa, bu eng katta muammo emas. Bizda Xitoyda yaratilgan telefon va harbiy texnikalar kabi jiddiyroq muammoli masalalar bor. Lekin TikTok – juda katta aktiv. Agar unga ruxsat berilsa, qimmat boʻladi, taqiqlansa – hech qanday qiymati boʻlmaydi. TikTok qiymatini oʻzimiz tashkil eta turib, nima uchun bu narxning yarmini olmasligimiz kerak?” – deydi Tramp.
U shuningdek, yangi bitim foydalanuvchi maʼlumotlari ustidan nazoratni taʼminlashi haqida ham qoʻshimcha qildi.
Platforma amerikalik minglab foydalanuvchilar orasida mashhurlikka erishish bilan birga, yosh saylovchilarni jalb qilishda amerikalik siyosiy kampaniyalar uchun qimmatli vositaga ham aylangan.
Avvalroq ByteDance kompaniyasi taqiqqa tushmaslik uchun TikTok boʻlinmalarini AQSHga sotish toʻgʻrisidagi qonunni eʼtiborga olmagandi.
Madaniyat
Sport
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q