Jamiyat
Milliy tibbiyot markazida noyob operatsiya — jigar transplantatsiyasi boʻlib oʻtdi. Unda oʻgʻil oʻz onasiga jigaridan berib, donorlik qildi.
Keyinchalik yigitchaning aytishicha, u bu kunni roppa-rosa 2 yil kutgan va oxiri niyatiga erishgan.
“Onamga jigarimni berishni roppa-rosa ikki yil kutdim. Gap shundaki, onamda ushbu xastalik aniqlangan paytda men 16 yoshda edim. Qonunchiligimiz boʻyicha shaxs 18 yoshga toʻlmagunicha oʻz tana aʼzolarini boshqalarga berolmas, yaʼni donorlik qilolmas ekan. Shuning uchun ikki yil kutishimizga toʻgʻri keldi. Nihoyat oʻsha kun keldi. Hozir onam oʻzini yaxshi his etyapti. Toʻgʻrisi, bundan juda ham baxtiyorman...” deydi u.
Xabarda yozilishicha, oʻgʻil jigarining bir parchasini berish orqali onasining hayotini saqlab qolgan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90461
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q