11 ta tashkilotga aholini daromadli mehnat bilan band qilish vazifasi topshirildi

Saqlash
11:00 / 21.01.2025 71 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Unga kora, 2025-yilda aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash dasturi ijrosi doirasida 11 ta tashkilotga 5,2 million aholini band qilish majburiyati yuklatildi.

 

Jumladan, Markaziy bank, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

▪️tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish hamda faoliyatini kengaytirish hisobiga 1 mln 470 ming nafar;

▪️ishsizlarni mavjud boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish orqali 430 ming nafar;

▪️har bir mahallada oʻrtacha 40 tadan jami 377,6 mingta mikroloyihalarni amalga oshirish hisobiga 755 ming nafar, shuningdek “Mahalla loyihasi” doirasida soddalashtirilgan tartibda loyihalarni moliyalashtirish uchun yangi kredit mahsulotlarini joriy qilish orqali 250 ming nafar;

▪️hududlarda “drayver” loyihalarni ishga tushirish hisobiga 122 ming nafar hamda mikrosanoat markazlarini barpo etish loyihalari hisobiga 21 ming nafar;

▪️aholiga yer maydonlarini ijaraga berish, shu jumladan, “kompaniya – kooperativ – dehqon xoʻjaligi” tamoyili asosida kooperativlar tashkil etish hisobiga 300 ming nafar;

 

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:

▪️aholi tomorqasidan samarali foydalanishni tashkil etish hamda fermer va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash orqali 1 mln 169 ming nafar;

 

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi:

▪️investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 290 ming nafar;

 

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:

▪️qurilish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish hisobiga 169 ming nafar;

 

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

▪️aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitib, ishga joylashtirish hisobiga 266 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan taʼminlashga masʼul hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//