Jahon
Yoshi oʻtib, kuch quvvatdan qolgan yaponlar oʻz ixtiyori bilan qamoqqa tushishni boshladi. Ular shu yoʻl bilan yolgʻizlik va qashshoqlikdan qutulishga harakat qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, yoshi ulugʻ yapon ayollari yolgʻizlik muammosidan aziyat chekkani uchun panjara ortida yashashni maʼqul koʻradi. Ular oʻzlarini munosib hayot bilan taʼminlay olmagani uchun ham oʻz xohishi bilan shu yoʻlni tanlaydi. Endilikda keksalar hatto butun umr qamoqxonada yashashi uchun oyiga 20-30 ming yen berishga ham tayyorligini aytmoqda.
Ayni paytda mamlakatdagi mahbuslar saqlanadigan joylar keksalar bilan toʻlib-toshgan. Muassasa xodimlarining aytishicha, bu ayollar ozodlik chogʻida yolgʻizlik va qashshoqlikdan aziyat chekkan. Qamoq ular uchun omon qolishning yagona yoʻli hisoblanadi. Chunki ular bu yerda muntazam ovqat bilan taʼminlanadi. Tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Ularga xizmat koʻrsatiladi. Oʻzlari esa muloqot qiladigan odamlar ichida boʻladi. Shu sababli ham ularga bunday yashash yoqadi. Qamoqxonaga shunday tushishning ilojini topolmaganlar mayda jinoyatlarga qoʻl urushdan ham tab tortmaydi.
Masalan, yaqinda oziq-ovqat oʻgʻirlash aybi bilan qamoqqa olingan 81 yoshli kampirdan turmush sharoiti haqida soʻralganida, u hayotidan mamnunligini bildirgan. Uning hayoti panjara ortida haqiqatan barqaror boʻlib qolgan. Kampirning oʻzi esa hatto xodimlarning ishidan mamnun ekanligini taʼkidlagan va kameradoshlarini “yaxshi odamlar” deb atagan.
CNN maʼlumotlariga koʻra, hozirgi davrda 65 yoshdan oshgan yaponiyaliklarning taxminan 20 foizi qashshoqlik chegarasidan pastda yashaydi. Qamoqxonalardan birida qorovul boʻlib ishlaydigan Takayoshi Shiranaganing maʼlum qilishicha, koʻpchilik muzlab qolmaslik yoki ochlikdan oʻlmaslik, shuningdek, bepul tibbiy yordam olish uchun qamoqxonaga boradi. Qamalgan keksa yaponlar esa imkon qadar qamoqda qolishga harakat qiladi.
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q