Siyosat
Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi.
Ushbu shartnoma 2025-yil 31-marti Xo‘jand shahrida Shavkat Mirziyoyev, Emomali Rahmon va Sadir Japarov o‘rtasidagi oliy darajadagi uchrashuvda imzolangan edi. Unga ko‘ra, uch davlatning chegaralari tutashgan nuqtaning joylashuvi hamda tutashgan nuqta hududida davlat chegaralari chiziqlarining o‘tishi aniqlandi.
Muzokaralardan so‘ng prezidentlar masofadan turib, uch mamlakat chegaralari tutashgan hududda Do‘stlik stelasini tantanali ravishda ochib bergandi.
28-oktyabrda bo‘lib o‘tgan majlisda qayd etilishicha, mazkur shartnoma uch qardosh mamlakatlar o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlanishiga, butun Markaziy Osiyo mintaqasi xalqaro nufuzining yanada oshishiga xizmat qiladi.
“Bu borada uch mamlakat o‘rtasida chegara masalalarining hal etilishi — o‘zaro hurmat, suverenitet, tenglik tamoyillariga asoslangan aynan ushbu ko‘p yillik mashaqqatli mehnat, samimiy muloqot va hamkorlik samarasidir. Ayni damda, ushbu shartnoma butun mintaqaning yaqinlashuvida ham muhim ahamiyat kasb etadi”, deyiladi parlament quyi palatasi xabarida.
Shartnoma, shuningdek, uch davlat fuqarolari o‘rtasidagi aloqalarning jadallashuviga, chegaradosh hududlar iqtisodiy hamkorligining kuchayishiga, chegaraoldi savdoning ortishiga, chegara hududlarda turli infratuzilmaviy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga mustahkam huquqiy asos bo‘ladi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109657
Jamiyat
94041
Jamiyat
89816
Jamiyat
72972
Jamiyat
//
Izoh yo‘q