Jamiyat
Germaniya mehnat bozori uchun ogʻir yuk mashinalari haydovchilari Oʻzbekistonda tayyorlanadi.
Maʼlum boʻlishicha, Migratsiya agentligi, Germaniyaning SBH West GmbH hamda “Vatanparvar” tashkilotlari oʻrtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangan.
Unga koʻra, ikki davlat oʻrtasidagi migratsiya sohasida ilk bor amaliyotga tatbiq etilayotgan bu kelishuv natijasida 700 nafar oʻzbekistonlik yuk mashinalari, avtobus va lokomotiv haydovchisi sifatida Oʻzbekiston hududida nemis tiliga oʻqitilib, “Vatanparvar” tashkilotida kasbiy qayta tayyorlov kurslarida malaka oshiradi va Germaniyaga toʻgʻridan-toʻgʻri ishga yuboriladi.
Oylik maoshi 2400–2600 yevroni tashkil qiladi.
Hozirgi kunda bir guruh tinglovchilar onlayn darslarda ishtirok etmoqda. Agentlik yaqin kunlarda yangi guruhlar ochilishi va keng miqyosli oʻqishlar boshlanishini xabar qildi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q