Jamiyat
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy Koreya oʻzbekistonliklar uchun cheklov qoʻygani haqida koʻplab xabarlar tarqaldi. vaziyatga oydinlik kiritish va toʻgʻri tushuncha hosil qilish uchun Migratsiya agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Agentlik matbuot xizmati rahbari Jamoliddin Qalandarovning soʻzlariga koʻra, hozirgi kunda Janubiy Koreyadagi iqtisodiy oʻzgarishlar tufayli, jumladan, oʻzbekistonliklar ish joyini sababsiz tark etish holatlari koʻp kuzatilmoqda.Endilikda bir kishi qilgan xato koʻpchilikka salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Sababi, buning natijasida ishchi migrantlar uchun ajratilayotgan kvotalar soni kamayadi.
Maʼlum boʻlishicha, ayni payt Koreyada nolegal yurgan Oʻzbekiston fuqarolari 9,6 foizga yetgan. Agar bu 10 foizga chiqadigan boʻlsa, mazkur davlat agentlik bilan migratsion aloqa tizimini qayta koʻrib chiqishi mumkin.
“Darhaqiqat, 2024-yil Janubiy Koreyaga E-9 vizasi bilan ishlash uchun 3080 nafar fuqaromiz yuborilgan boʻlib, bu raqam 2023-yilga nisbatan ancha pasaygan”, deydi Qalandarov.
Agentlik xodimi kvotalarning kamayishi faqat oʻzbekistonliklarga bogʻliq emasligini, qisqartirish choralari boshqa davlatlarga ham koʻrilayotganini qoʻshimcha qilgan.
“Shu oʻrinda aytish kerak, yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz sabab, Koreyada koʻplab kompaniyalar oʻzlarini bankrot, deb eʼlon qilmoqda.
Shundan kelib chiqib, agentlik mutaxassislari ushbu davlatda boʻlib turgan yurtdoshlarimizdan mehnat intizomiga, shartnomada koʻrsatilgan talablarni toʻliq bajarishga, qonunlarni buzmaslikka chaqiradi”, deydi agentlik matbuot xizmati rahbari.
Taʼkidlanishicha, hozirda tashkilot tomonidan ilgari surilayotgan koʻnikma va moslashuvni kuchaytirishga qaratilgan dasturlar yuqoridagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan boʻlib, bu sohadagi kelgusi aloqalar uchun juda muhim hisoblanadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q