Jamiyat
Oʻzbekistonlik xodimlarning ish joylarini sababsiz tark etish holatlari koʻp kuzatilganligi va iqtisodiy oʻzgarishlar tufayli Janubiy Koreyada qabul cheklovlari oʻrnatilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Bu haqida “Migratsiya sohasidagi oʻzgarish va yangiliklar, joriy yilga belgilangan rejalar” mavzusidagi matbuot anjumanida ochiqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilda Janubiy Koreyaga E-9 vizasi bilan ishlash uchun 3080 nafar fuqaro yuborilgan. Agar 2023-yilgi koʻrsatgich bilan solishtirilsa, bu raqam ancha past hisoblanadi.
Agentligi bosh mutaxassisi Doston Olimjonovning soʻzlariga koʻra, bu faqat oʻzbekistonliklar bilan bogʻliq holat emas. Masalan, Nepalning Koreyaga yuborgan migrantlari soni ham bir yilda 19 758 nafardan 7081 nafarga kamaygan. Oʻzbekistondan esa oʻtgan yili 4878 nafar fuqaro ishga joʻnatilgan edi.
Bundan tashqari, yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozlar sababli, Koreyada koʻplab kompaniyalar oʻzlarini bankrot deb eʼlon qilmoqda.
Ishchilarga boʻlgan ishonch ham bu yerda talabning pasayishiga sabab boʻlmoqda. Jumladan, ish tashlash holatlari Senegal va Vyetnam fuqarolarida kamroq kuzatilganligi bois, Koreya koʻproq oʻsha davlatlardan ishga kelmoqchi boʻlganlarni tanlamoqda.
“Endi fuqarolarimizga ketishdan oldingi koʻniktirish tadbirlarini kuchaytirganimiz, targʻibotlarni kuchaytirganimiz, koʻp ish qilganimizni Koreya ish beruvchi korxonalariga tashrif buyurib, targʻibot qilyapmiz. Bu, xudo xohlasa, oʻz natijasini koʻrsatadi”, deydi Agentlik mutaxassisi Azim Ahmatov.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q