Jamiyat
Ortda qolgan yillar davomida Oʻzbekiston 9 ta xalqaro reytingda yuqorilashga erishgan. Bu haqida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashining navbatdagi yigʻilishida maʼlum qilindi.
Xabarga koʻra, yigʻilishda 2024-yil davomida Oʻzbekiston uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reytinglardagi koʻrsatkichlarga eʼtibor qaratilgan.
Taʼkidlanishicha, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida Oʻzbekiston (2024-yilda) avvalgi hisobot davriga nisbatan 6 pogʻonaga koʻtarilib, 193 ta davlat orasida 63-oʻrinni egallagan va shu bilan elektron hukumat sohasida rivojlanish boʻyicha “yuqori” guruhdan “juda yuqori” guruhga koʻtarilgan 17 ta davlat qatoriga kirgan.
Statistika faoliyati samaradorligi indeksida esa respublika 7-yil davomida jami 89 pogʻona yuqorilagan.
Bu indeks boʻyicha soʻngi maʼlumot 2023-yilda taqdim qilingan boʻlib, unda Oʻzbekiston oʻz koʻrsatkichlarini 17 pogʻonaga yaxshilab, 217 ta davlat orasida 62-oʻrindan joy olgan.
Shuningdek, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida mamlakatimiz 48 pogʻonaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 91-oʻringa loyiq koʻrilgan.
Hisobotda Oʻzbekiston ayollar huquqlari va gender tenglik sohasida eng katta natijalarga erishgan, muhim islohotlarni amalga oshirgan 5 ta mamlakatdan biri sifatida qayd etilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q