Hokimlarning bekor qilingan qarorlari boʻyicha Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda

Saqlash
13:33 / 18.01.2025 58 0

2024-yil davomida maʼmuriy sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslari qarorini haqiqiy emas deb topishga doir jami 6991 ta ish koʻrilgan boʻlib, ularning 3184 tasi qanoatlantirilgan.

 

Jumladan, mahalliy hokimlik qarorlarining haqiqiy emas deb topilishga oid jami 2720 ta ish koʻrilgan boʻlib, shundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining va mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan jami 933 ta qarori bekor qilingan.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdim qilgan maʼlumotiga koʻra, 2024-yilda mahalliy hokimliklar tomonidan chiqarilgan qarorlarning eng koʻp bekor qilinishi boʻyicha Toshkent viloyati yetakchilik qilgan – 426 ta hujjatdan 143 tasi bekor qilingan.

 

Keyingi 2- va 3-oʻrinlarda Samarqand(291 ta hujjatdan 128 tasi) hamda Jizzax(239 ta hujjatdan 113 tasi) viloyatlari koʻrsatilgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//