Jamiyat
Oʻtgan yili Oʻzbekistonda oʻqish maqsadida xorijga chiqqanlar 35,9 nafarni tashkil qiladi.
Taʼkidlash lozim, ortda qolgan davrda xorijda tahsil olishni xohlaydigan yoshlar asosan Tojikiston oliy oʻquv yurtlarini afzal koʻrgan. Statistika agentligining oʻtgan bir yillik uchun taqdim qilgan maʼlumotiga koʻra, 2024-yilda 12 809 nafar oʻzbekistonlik yosh taʼlim olish uchun Tojikistonni tanlagan.
Undan keyingi oʻrinda esa Rossiya joy olgan. Mazkur davlatga 8 629 nafar yosh oʻqish maqsadida ketgan. Shuningdek, eng koʻp tanlanayotgan chet el mamlakatlari qatorida Qirgʻiziston 3-oʻrinni band qilgan – 3 953 nafar.
Quyida 2024-yilning yanvar–dekabr oylarida oʻqish maqsadida chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar boʻyicha taqsimlanishi keltirilgan:
▪️ Tojikiston – 12 809 nafar;
▪️ Rossiya – 8 629 nafar;
▪️ Qirgʻiz Respublikasi – 3 953 nafar;
▪️ Turkiya – 2 711 nafar;
▪️ Koreya Respublikasi – 2 077 nafar;
▪️ Qozogʻiston – 1 589 nafar;
▪️ Buyuk Britaniya – 792 nafar;
▪️ Xitoy – 767 nafar;
▪️ AQSh – 576 nafar;
▪️ BAA – 390 nafar;
▪️ Boshqa davlatlar – 1 602 nafar.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q