Jamiyat
Buxoroning Qorakoʻl tumanidagi Poykent maskanidan miloddan avvalgi I va milodiy I-IV asrlarga oid qurol-aslahalar topildi.
Maʼlumot uchun, qadimiy Poykent shahri Qorakoʻl tumanida joylashgan boʻlib, uni oʻrta asr tarixchilari “Savdogarlar shahri” yoki “Mis shahar” deya taʼriflagan. Taʼkidlanishicha, u Buxorodan ham qadimiy hisoblanadi.
Poykend Ark, ikkita shahriston va raboddan iborat.
Yodgorlikda qazuv ishlari oʻtgan asrning 80-yillaridan boshlab Samarqand arxeologiya instituti va Rossiyaning Ermitaj muzeyi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
2023-yilgi tadqiqotlar mavsumida asosiy ish arkda olib borilgan.
Qazish ishlari davomida yaqinda Poykentdan qadimiy qurol-aslahalar, metall jihozlar, shuningdek, ibodatxona marosimlarida qoʻllanilgan qoʻngʻiroqlar va isiriqdonlar topilgan. Bu buyumlar eramizdan avvalgi I asr va eramizning I asriga tegishli boʻlib, saklar va massagetlar davridan qolgan.
Hozirda restavratorlar ushbu topilmalarni asl holatiga keltirish ustida ishlamoqda.
Xabarga koʻra, ushbu topilmalar Sugʻd davri devoriy suratlarida ham uchraydi.
Maʼlum boʻlishicha, izlanishlar natijasida uzunligi 13,7 metr boʻlgan katta zal yoki hovli atrofida joylashuvchi supalar ham aniqlangan. III-IV asrlarda u qoʻshni ibodatxonadan pastda joylashgan, shuning uchun unga shimol tomondan 12 pogʻonali, kengligi 3,4 metr zinapoya va pandus tushgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q