Alisher Qodirov: “O‘zbekistonda barcha tashqi yozuvlar, e’lon, ko‘rsatmalar o‘zbek tilida bo‘lishi shart”

Saqlash
11:47 / 17.01.2025 215 0

“Milliy tiklanish” DP MK raisi Alisher Qodirov Toshkentdan boshlab mamlakatdagi barcha shaharlarda tashqi yozuvlar, eʼlonlar, koʻrsatmalar boshqa tillarda, hatto boshqa alifbolarda yozilayotganini achinarli muammo deya taʼkidladi.

 

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda barcha tashqi yozuvlar, eʼlon, koʻrsatmalar oʻzbek tilida boʻlishi shart. Zaruratga qarab boshqa tillarda takrorlanishi mumkin.

 

“Tayanch qadriyatimiz sifatida oʻzbek tiliga munosabatimiz tubdan oʻzgarishi kerak. Birinchi navbatda tadbirkorlar, mulkdorlar va boshqaruv idoralari oʻzbek tiliga hurmat, qonunga itoatda namuna boʻlishlari kerak. Jamoatchilik bu masalada murosasiz boʻlishi kerak”, deydi u.

 

Maʼlum boʻlishicha, hozirda “Milliy tiklanish” partiyasida “Tashqi yozuvlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini tayyorlash ishlari boshlangan.

 

Qodirov bu jarayonda Rossiya dumasidan oʻrnak olish kerakligini bildirgan.

 

“Urush holatida boʻlishiga qaramasdan, Rossiya dumasida soʻnggi oyda rus tili bilan bogʻliq uchinchi jiddiy, majburiyatlarga toʻla qonun qabul qilinmoqda. Bu masalada oʻrnak olishimiz mumkin va zarur deb oʻylayman”, deb yozgan partiya rahbari oʻz sahifasida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//