Husanov Osiyodagi 43 ta terma jamoadan qimmat turadi

Saqlash
11:31 / 17.01.2025 245 0

Xabaringiz bor, Abduqodir Husanovni Angliyaning “Manchester Siti” klubi 40 million yevro va bonuslar bilan sotib olmoqda. Hozirda 20 yoshli himoyachining tibbiy koʻrikdan oʻtishi kutib turilibdi. Shundan soʻng transfer rasman eʼlon qilinadi.

 

Taʼkidlanishicha, rasman eʼlon qilingach, Abduqodir Husanov narxi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo futbolchilari uchun yangi rekord sifatida qayd etiladi.

 

Ajablanarlisi, “Siti”ning Husanov uchun toʻlaydigan badal puli Osiyoning qirqdan ortiq mamlakat terma jamoalarining umumiy qiymatidan qimmat boʻladi.

 

Yaʼni, Osiyoda 4 ta milliy terma jamoa tarkibining umumiy narxi 40 mln yevrodan yuqori. Bular — Yaponiya(280,5 mln yevro), Janubiy Koreya(158,15 mln yevro), Oʻzbekiston(47 mln yevro), Eron(46,65 mln yevro). Qolgan 43 ta davlat milliy terma jamoalari tarkibining umumiy narxi esa Husanovga toʻlanayotgan summadan past. Bulardan biri, masalan, Avstraliya.

 

Maʼlumot oʻrnida, Yevropa qitʼasidagi kuchli beshlik chempionatlarining grand klublari shu paytga qadar Osiyo mamlakatlaridan faqat Yaponiya va Janubiy Koreya futbolchilari uchun katta summa toʻlab kelgan. Husanovgacha faqatgina Eldor Shomurodov oʻzbekistonlik futbolchilar orasida eng qimmat narxga sotilgan edi(2021-yilda 19,6 mln yevroga “Roma” klubiga).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//