Jamiyat
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasining Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida tashkil etiladigan filiallariga malakali pedagoglar ishga taklif qilinmoqda.
Bunda viloyatlardagi koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining gematologiya va onkologiya boʻlimlarida davolanayotgan bolalarga maktabgacha taʼlim va tarbiya hamda umumiy oʻrta taʼlim beriladi.
Buning uchun nomzodlardan quyidagi mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olgan boʻlishi talab etiladi:
▪️ Umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish uchun pedagog xodim (ona tili va adabiyot, matematika hamda boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari);
▪️ Psixolog;
▪️ Tarbiyachi;
▪️ Tarbiyachi yordamchisi.
Hujjat topshiruvchilarda yoʻnalishlar boʻyicha quyidagi koʻnikmalar boʻlishi shart:
✔️ pedagog xodim lavozimiga: oliy (pedagogik) maʼlumotli, dars berayotgan fani boʻyicha kamida ikkinchi toifali, 3-yillik pedagogik ish stajiga ega, statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlgan, rus va oʻzbek tillarini biladigan pedagoglar;
✔️ psixolog lavozimiga: oliy maʼlumotli, bolalar bilan ishlash koʻnikmasiga ega, kamida 3-yil psixolog faoliyati bilan shugʻullangan, rus va oʻzbek tillarini biladigan mutaxassislar;
✔️ tarbiyachi lavozimiga: maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy pedagogik maʼlumotli, kamida 3-yillik pedagogik ish stajiga ega, statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlgan mutaxassislar;
✔️ tarbiyachi yordamchisi lavozimiga: oʻrta maʼlumot va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash ishlari xususiyatlari boʻyicha maxsus tayyorgarlikka ega, kamida 3-yillik stajga ega xodimlar.
Ish oʻrinlari uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasining mehrlimaktab.vakant@gmail.com elektron pochta manziliga 2025-yilning 10-fevraliga qadar (shu kun ham) pastda koʻrsatilgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishi lozim:
➖maʼlumotnoma-obyektivka (telefon raqam);
➖pasport (ID-karta);
➖oliy oʻquv yurtini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom nusxalari.
Maʼlumot uchun, yuqoridagi malaka talablariga mos kelganlar orasidan ish oʻrinlariga munosiblar suhbat asosida ishga qabul qilinadi.
Eslatib oʻtish lozim, belgilangan qonunchilikka koʻra, “Mehrli maktab” pedagog xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun 100 foizlik ustama beriladi va qoʻshimcha tarzda moddiy ragʻbatlantiriladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q